Savol-javob
Yourdamchi nimalarni qila oladi?
Tug‘ilgan kunlar va namoz vaqtini eslatadi, firibgarlardan ogohlantiradi, farzandingiz maktabga yetib borganini aytadi, reysni kuzatadi, video va musiqa yuklaydi, siz bandligingizda shaxsiy xabarlarga javob beradi va har qanday hayotiy savolga oddiy javob beradi.
Yourdamchi bepulmi?
Ha. Har oy 30 ta savol va 3 ta rasm bepul. Ko‘proq kerak bo‘lsa — oyiga 39 000 so‘mdan boshlanadigan paketlar.
Ro‘yxatdan o‘tish kerakmi?
Yo‘q. Telegram’da botni oching, «Start»ni bosing, til va shaharni tanlang — shu yetarli.
Telegram Premium kerakmi?
Faqat ikki funksiya uchun: «Siz uchun javob beradi» va «O‘chirilgan xabarlar nusxasi». Ular Telegram Business orqali ishlaydi. Qolganlari — Premium’siz.
Qaysi tillarda ishlaydi?
O‘zbek tilida (lotin va kirill yozuvida) va rus tilida. Qaysi tilda yozsangiz — o‘sha tilda javob beradi.
Ma’lumotlarim qayerda saqlanadi?
Minimal ma’lumot saqlanadi: til, shahar, sozlamalar va eslatmalar. Yozishmalar 30 kundan keyin o‘chiriladi, rasm va ovozlar saqlanmaydi. /delete_me buyrug‘i bilan hamma narsani o‘chirish mumkin.
Huquqiy javoblarga ishonsa bo‘ladimi?
Javoblar amaldagi qonunlarga asoslanadi va lex.uz’dagi moddaga havola bilan keladi. Lekin bu ma’lumot beruvchi axborot, yuridik maslahat emas.
Agar xavf ostida bo‘lsam-chi?
Tahdid yoki zo‘ravonlik haqida yozsangiz, bot darhol favqulodda raqamlarni beradi: 102, 103, 101 va 1146.
Savolingiz bormi? Yourdamchi’ga yozing
Bepul, ro‘yxatdan o‘tmasdan, o‘zbek va rus tilida.
Telegram’da ochish